Qonunbuzar fermer xoʻjaliklari aniqlandi. Ularga qanday jazo beriladi?
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand, Navoiy va Andijon viloyatlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xoʻjaliklari aniqladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “O.A.” fermer xoʻjaligi rahbari O.X. “Yangi ariq” kanalidan suv olish uchun oʻrnatilgan suv nasosining elektr hisoblagichiga tashqi taʼsir oʻtkazib, tijorat maqsadida jami 345,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.O.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari tijorat maqsadida xoʻjalikka qarashli yer maydonida elektr suv nasoslarini tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 156,1 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh etilgan.
Bundan tashqari, Departamentning Baliqchi tumani boʻlimi, “Oʻzenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. tijorat maqsadida “Yakkatol” MFY hududidagi 2 gektar yer maydonida suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 130 million soʻmlik energiya resurslaridan qonundan chiqqani maʼlum boʻlgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring