Qonun loyihasi nodavlat arxivlar faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda arxiv ishi va ish yuritish sohasida zarur infratuzilma yaratildi, arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish borasida ijobiy natijalarga erishildi. Shuningdek, Milliy arxiv fondi O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlar bilan boyitildi.
Tadbirkorlik subyektlari uchun arxiv hujjatlarining to‘liqligi, ularni hisobga olish va saqlashga qo‘yiladigan talablar soddalashtirildi, shu jumladan, arxiv hujjatlari muddatlari qayta ko‘rib chiqilib, ularning uzoq muddat saqlanishi lozim bo‘lgan turlari qisqartirildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda nodavlat elektron arxivlar tashkil etishni tartibga soluvchi tartib-taomillarni soddalashtirish zarurati mavjud.
Mazkur qonun loyihasi bilan hujjatlarni elektron arxivlash (saqlash) xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat arxivlarning ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olish talabini xabardor qilish tartib-taomiliga o‘tkazishni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Fraksiya a’zolari tomonidan muhokamalar jarayonida mazkur loyihaning muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilib, qonun loyihasi nodavlat arxivlar faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladilar. Qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan ma’qullandi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala — “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi va qo‘llab-quvvatlandi.
Qonun loyihasi bilan davlat mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish tartibi, ya’ni, xususiylashtirish uslublari, ularni tanlash mezonlari, tanlov savdolarida xususiylashtirish, muzokaralarga ommaviy taklif qilish yo‘li bilan xususiylashtirish, raqobatga asoslangan muloqat uslubida xususiylashtirish, birja savdolarida xususiylashtirish kabi jarayonlar tartibga solinmoqda. Uzoq davom etgan muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan ma’qullandi.
Yig‘ilishda fraksiya faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring