Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Kecha, 18-aprel kuni Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Sport vazirligi majlislar zalida oʻtkazilgan ushbu konferensiyada oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining raisi etib saylandi.
Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi 2018-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi — talabalar, oʻqituvchilar va oliygoh xodimlari oʻrtasida sportni ommalashtirish, yuksak mahoratli sportchilar zaxirasini shakllantirish va sport infratuzilmasini takomillashtirishdan iborat. Oʻtgan davr mobaynida mamlakatdagi oliy taʼlim muassasalarida 26 ta olimpiya sport turi boʻyicha 591 ta sport klubi hamda 721 ta sport toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda.
Konferensiya davomida barcha taʼlim yoʻnalishlaridagi 1-bosqich talabalari uchun 4 kreditli “Jismoniy tarbiya” fani joriy etilishi, sport klublari va toʻgaraklar faoliyatini boshqarish uchun yagona raqamli platforma hamda mobil ilova yaratilishi maʼlum qilindi. Bundan tashqari, yagona elektron platforma orqali musobaqalar taqvimi, baholash tizimi joriy etiladi va bu “Hemis” dasturiga integratsiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring