Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi

Bugun, 5-aprel kuni Qozogʻistonda professional boks oqshomi boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Ukraina vakili Igor Shevadzuskiyga qarshi ringga koʻtarildi.
10 raundga moʻljallangan jang toʻliq davom etdi va yakunda hakamlar Bahodir Jalolovni gʻolib deb topdi. Mazkur jang deyarli teng kurashlar ostida kechdi, qachonki Jalolov ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirib qoʻymagunicha. Shevadzuskiy ishonch bilan oldinga bordi va bir lahza oʻzbekistonlik bokschini burchakka qisib qoʻydi, ammo Jalolov toʻgʻridan ikkilik zarbasini yoʻllash orqali uni muvozanatdan chiqarib, vaziyatni oʻz tomoniga ogʻdirib oldi.
Bu vaziyat Bahodir foydasiga ishladi va hakam hisobni ochdi. Keyinchalik aynan shu nokdaun oʻzbekistonlik bokschining gʻalabasini taʼminladi.
Jang yakuniga yetib, sportchilar kiyim almashtirish xonasiga ketgach, Bahodir Jalolov qoʻlidan jarohat olgani ayon boʻldi. Bu esa hamyurtimizning tempni biroz tushirib, jangni nazorat qilishi va tavakkaldan qochishiga sabab boʻlgani taxmin qilinmoqda.
Shu tariqa, Jalolov oʻzining professional boksdagi 15-jangida ham gʻalabani qoʻlga kiritdi. Aytish joiz, ushbu bahsgacha u 14 ta jangini muddatidan avval, nokaut bilan yakunlagan.
Shuningdek, mazkur boks kechasida professional boksda faoliyat olib borayotgan yana bir oʻzbekistonlik sportchi Otabek Xolmatov ham navbatdagi jangini oʻtkazdi. U filippinlik Jeyson Manigosga qarshi ringga koʻtarildi va 8 raundga moʻljallangan jang yakuniga bir daqiqa qolganida texnik nokaut evaziga gʻalabani ilib ketdi.
Qayd etish joiz, Xolmatov jang davomida ikkinchi va toʻrtinchi raundlarda raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Bu esa oʻzbekistonlik bokschining gʻalabasini taʼminladi. Maʼlumot uchun, hozirda uning hisobida 13 gʻalaba va bitta magʻlubiyat bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand shahri "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" sammitiga tayyor
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring