“Qiziltepacha shou” — fermerlarning oʻzi sotib olgan texnikalar mahalliy rahbarlar tomonidan tantanali topshirildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Temur Eshboyev/“Xalq soʻzi”. Navoiy viloyati Qiziltepa tumani fermerlariga 100 dona qishloq xoʻjaligi texnikalarining topshirilganligi mahalliy jurnalistlarning keng muhokamasiga sabab boʻldi.
Gap shundaki, kombayn, haydov traktorlari, chopiq moslamalariga ega ushbu texnikalarni fermerlar lizing asosida xarid qilishib, ularning mahalliy rahbarlar tomonidan tantanali ravishda topshirilishi OAV vakillarini birozgina ajablantirdi.
Kimdir ushbu tadbirni eskirgan anʼana desa, yana boshqa birovlar arzimagan ehtiyot qismni izlab poytaxtga borib kelgani, qishloq xoʻjaligi texnikasi yoʻqligi sabab hosil boy berilgan davrlarni yodga oldi.
Qishloq xoʻjaligi texnikalariga kelsak, ularning kalitini olishi bilan fermerlar oʻz dalalariga yoʻl solishdi. Sababi, tumanda chigit ekish mavsumiga start berilib, tuman dehqonlari joriy yilda jami 21 ming gektar yerda gʻalla, paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni rejalashtirishgan.
Aytmoqchi, viloyatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish shartnomaviy rejasining uddalanishi har doim bevosita qiziltepalik dehqonlarning ziroatchilikdagi muvaffaqiyatlariga bogʻliq. Boisi yigʻib olingan hosilning har toʻrtinchi kilogrammi aynan qiziltepalik mirishkorlar tomonidan taroziga qoʻyiladi. Xullas, birovning qoshu qovogʻiga qaragandan koʻra, oʻzingniki boʻlgani maʼqul. Kimning topshirgani esa unchalik ahamiyatli emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring