Qizilqum yaylovlariga moʻgʻul qoʻylari keltirilmoqda
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Ota-bobolarimiz “dehqon dehqonga bir yilda, choʻpon choʻponga qirq yilda yetadi”, deb bejiz aytmagan. Dunyo moʻyna bozorida qorakoʻl terilarga talab pasayishi va boshqa muayyan sabablar tufayli Navoiy viloyatida chorva xoʻjaliklarining iqtisodiy depsinishi ancha choʻzilib ketdi. Chorva bosh soni kamayib, olis ovullarda ota-bobo kasbini ulugʻlab kelayotgan chorva sulolalari ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolganligi, Qizilqum yaylovlaridan chorva yoʻlida foydalanish samaradorligi pasayib ketganligi bugunning haqiqati.
Mamlakatimiz Prezidenti 2024-yil 1-noyabr kuni “Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlarni ishga solish hamda amalga oshirilishi lozim boʻlgan asosiy vazifalar”ga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda mazkur masalani tahlil etarkan, Konimex tumani hokimi va Respublika Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga 2024-2026-yillarda Mongoliya davlatidan 20 ming bosh goʻsht va jun yoʻnalishidagi qoʻy-echkilarni olib kelish, shu jumladan ularning 10 ming boshini 2024-yil yakuniga qadar olib kelish vazifasini belgilagan edi.
Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida Konimex tumani hokimi rahbarligida chorvachilik yoʻnalishida faoliyat yurituvchi bir guruh tadbirkorlar Mongoliya davlatiga xizmat safarida boʻlib, goʻsht va jun yoʻnalishidagi “Bayat“ zotli qoʻy-echkilarni olib kelish boʻyicha bitimlar imzolanishiga erishdi.
— Ushbu zotdagi qoʻylarning iqlim sharoitimizga mosligi mamlakatimizning veterinar olimlari tomonidan chuqur oʻrganildi, — deydi Respublika Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Abror Akbarov. — “Bayat“ zotli qoʻylar goʻsht-jun yoʻnalishida boʻlib, ularning tirik vazni 70-80 kg, qoʻchqorlari 100-120 kg gacha yetadi, goʻsht chiqimi tirik vazniga nisbatan 60 foizni tashkil etadi.
Imzolangan bitimlar doirasida yaqinda Navoiy xalqaro aeroportiga birinchi bosqichida “Bayat“ zotli qoʻylarning 1000 boshga yaqini olib kelindi. Ular viloyatda yaylovlardan samarali foydalanish tashqari chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini oshirish hamda yangi ish oʻrinlari yaratilishiga xizmat qiladi.
Jonivorlarning parvarishini Konimex tumanida toʻgʻri tashkil etish maqsadida omixta yem va dagʻal ozuqalar zaxirasi yaratilib, tajribali mutaxassislar biriktirildi.
Chorva mollarini olib kelish ishlari davom etmoqda. Kelgusida chetdan olib kelinadigan chorva sonini 50 mingga yetkazish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring