“Qizil hudud”dagi shifokor koronavirusni davolashdagi oʻta jiddiy xatoni maʼlum qildi

00:26 26 Dekabr 2020 Dunyo
896 0

Koronavirusni yuqtirgan baʼzi bemorlar juda koʻp antibiotiklarni qabul qilish orqali oʻzlarining ahvolini ogʻirlashtirmoqda. Bu haqda hindistonlik shifokor Alok Mishra aytib oʻtdi. U ayni paytda Dogʻistondagi kasalxonalardan birida “qizil zona”da faoliyat olib bormoqda.

Mishraning aytishicha, yaqinda bir ayol kasalxonada vafot etgan. Uni bolalari uyda davolash harakat qilgan. Ayol taxminan 2-3 hafta uyda davolangan va bu vaqtda koʻp antibiotik qabul qilgan. Antibiotiklar esa uning immunitetini ishdan chiqargan.

Shu bois shifokor 2-3 kun davomida alomatlar mavjud boʻlsa tez yordamga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda. Bir hafta oʻtgach, pnevmoniya belgilarini tekshirish uchun tomografiya qilish mumkin.

Mishraning soʻzlariga koʻra, oʻzingizga gʻamxoʻrlik qilish koronavirusni hayotga xavf tugʻdirmasdan osonroq oʻtkazishga yordam beradi.

Avvalroq, “SberZdorovye” xizmatining tibbiy direktori Vladislav Muhammad Ali koronavirusning yomonlashuvi ikki toʻlqinda yuz berishini aytib oʻtgandi. Unga koʻra, tashxis tasdiqlanganidan soʻng, kamida ikki hafta davomida ehtiyot boʻlish kerak. Bu davrda harorat koʻtarilishi yoki umumiy holat yomonlashishi mumkin. Hatto kasallik alomatlari sezilmaganda ham xotirjamlikka berilmaslik zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?