Qirgʻizistonlik bolalar yozgi taʼtilni Fargʻonada oʻtkazmoqda

Foto: Халқ сўзи
Fargʻona viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Fargʻona viloyati Kengashi tashabbusi bilan qirgʻizistonlik 54 nafar oʻgʻil-qiz vodiyning soʻlim tabiat bagʻrida joylashgan “Tong” bolalar oromgohida hordiq chiqarmoqda.
— Qardoshlik va doʻstlik aloqalarini yanada yaxshilashda bu kabi ezgu tashabbuslar muhim ahamiyatga ega, — deydi oromgoh rahbari Xurshidbek Abdullayev. — Qoʻshni mamlakatdan kelgan bolajonlarning yozgi taʼtilni, maroqli oʻtkazishi, unutilmas taassurotlar olishi uchun rang-barang dasturlar tayyorlangan.
Oromgohda rus, ingliz va koreys tili, kompyuter savodxonligi, raqs, suzish, futbol, voleybol kabi oʻndan ortiq toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.
— Oʻzbekistonga kelish va yangi doʻstlar orttirish orzum edi, “Tong” oromgohida dam olib, ana shu orzum amalga oshdi, — deydi qirgʻizistonlik Nursulton Tursunqulov. — Bu yerda Hasan va Husan, Iskandarbek ismli tengdoshlarim bilan doʻst boʻldim. Har kuni birgalikda futbol, tennis, shaxmat oʻynaymiz. Bu yerning tabiati, odamlari menga juda yoqdi. Vatanimizga qaytgach, oromgohda olgan taassurotlarim, oʻzbek doʻstlarim haqida oʻrtoqlarimga soʻzlab beraman.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namangan Xalqaro festival mehmonlarini 30 million tup gul va chechaklar bilan kutib oladi
- Xitoy-Markaziy Osiyo sammiti: Sian mehmonlarni kutib olishga tayyor
- 1-iyundan boshlab «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi
- Sian shahrida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
- «Markaziy Osiyo - Xitoy» sammiti ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimidan fotojamlanma
- “Yashil energiya” sertifikati tizimi joriy etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring