Qiymati 187 mln soʻmlik zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

18:40 22 Avgust 2024 Jamiyat
170 0

Foto: Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Bekobod shahar DXX vakillari bilan hamkorlikda zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistondan qo'shni davlatga oʻtish uchunFarhodchegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan, fuqaroning qoʻl yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.

Bojxona koʻrigi natijasida, fuqaroga tegishli boʻlgan qo'l yuklarida ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan, qiymati 187 mln soʻmlik ogʻirligi 804 gr. tilla va kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Foto: Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Raqamlarga koʻra joriy yilning 7 oy davomida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 22 ta huquqbuzarlik holatlarda 56.3 kg zargarlik buyumlari noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер