Qashqadaryolik hojilar safaridan qaytishdi
Foto: Xalq soʻzi
Saudiya Arabistoniga muqaddas Haj ziyoratiga borgan qashqadaryolik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Qarshi shahriga yetib keldi.
Qarshi xalqaro aeroportida ziyoratchilarni viloyat hokimligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakilligi hamda davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari kutib olishdi.
— Muqaddas Haj ibodatini ado etish bir necha yillik orzuyim edi, — deydi nishonlik Toʻla bobo Botirov. – Mana bugun Haj ziyoratini ado etib qaytdik. U yerda biz Oʻzbekistonlik ziyoratchilar uchun yaratilgan yuksak darajadagi shart-sharoitlarni koʻrib, har daqiqa davlatimizning gʻamxoʻrligi va eʼtiborini his etib turdik. Yurtimizning tinchligi, farovonligi boqiy boʻlishini tilab duolar qildik.
Qashqadaryolik hojilarning qolgan qismi bugun tunda yana ikkita aviareysda yetib kelishadi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, joriy mavsum Qashqadaryo viloyatidan 792 nafar ziyoratchi Haj amallarini ado etib qaytishmoqda.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring