Qashqadaryodan Rossiyaga 19 tonna oshqovoq joʻnatildi
Ayni kunda Qashqadaryo vohasida mahsulotlar eksporti avjida. Shu kungacha tarvuz, qovun, pomidor, lavlagi, shaftoli kabi yigirma turdan ziyod mahsulotlar eksportga chiqarilayotgan boʻlsa, kuni kecha oshqovoq eksporti ham boshlab yuborildi.
Qarshi tumanidagi tomorqa egalari tomonidan yetishtirilgan dastlabki partiyadagi 19 tonna oshqovoqlar “Nasaf” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlarining saʼy-harakati bilan qisqa muddatda Rossiya Federatsiyasiga eksportga joʻnatildi.
— 5 gektar yerga chetdan keltirilgan oshqovoq urugʻini ekkan edik, deydi tomorqa egalaridan biri M.Ikromov. — 300 tonna hosil olishni moʻljallayapmiz. Pishib tayyor boʻlgan mahsulotlar peshma-pesh xalqimiz dasturxoniga va eksportga joʻnatilmoqda. Kelgusidagi maqsadimiz - ekin maydoni va mahsulot turini koʻpaytirish.
Viloyat bojxona boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilgan hududlarda boʻlib, fermer va tomorqa egalariga yurtimizda tadbirkorlik sohasiga keng imkoniyatlar yaratilganligi, shuningdek, mahsulotlarni eksportga rasmiylashtirishda bojxonada yaratilgan qulayliklar toʻgʻrisida tushuntirishlar berilmoqda.
Bu imkoniyatlardan oʻz vaqtida va samarali foydalanish pandemiya davrida davlatimiz iqtisodiyotini barqarorligini, aholini ish bilan bandligi va zarur oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirishni taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring