Qashqadaryodagi Navroʻz saylida gazballon portlashiga sababchi boʻlgan yigit qamaldi
Foto: Videodan kadr
Koʻkdala tumanida Navroʻz saylida gazballon portlashiga sabab boʻlgan yigitga hukm oʻqildi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.
Sud hukmda keltirilishicha, 2002-yilda Chiroqchi tumanida tugʻilgan, Toshkent Iqtisodiyot va texnologiyalar instituti talabasi boʻlgan B.Sh. Koʻkdala tumanida oʻtkazilgan Navroʻz bayrami sayliga 27 litr sigʻimdagi gazballon olib borgan. U saylda baliq pishirib sotmoqchi boʻlgan.
Profilaktika inspektori yigitga bir necha bor gazballonini aholi toʻplanib turgan hududdan chetroqqa olish yoki yerga koʻmishini aytgan. Ammo B.Sh. ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga amal qilmasdan, gazballonga gaz plitasini oʻrnatib, undan foydalana boshlagan. Koʻp oʻtmay gazballon portlab ketgan.
Hodisa oqibatida 7 kishi oʻrtacha ogʻir, 7 kishi ogʻir tan jarohati olgan. Bir kishi esa 80 foiz kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biroq bemor ayol 2024-yil 25-aprel kuni shifoxonada vafot etgan.
B.Sh. sudda aybiga toʻliq iqrorlik bildirgan. U shuningdek, qilgan ishidan pushaymonligi, ehtiyotsizlik qilganini aytib, suddan oʻziga nisbatan qonuniy yengillik berishni soʻragan.
Sud B.Sh.ni Jinoyat kodeksining 102-moddasi 1-qismi (Ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish) va 111-moddasi 3-qismida (Ehtiyotsizlik orqasida ikki yoki undan ortiq shaxs badaniga oʻrtacha ogʻir yoki badanga ogʻir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topgan.
Unga nisbatan 2-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Yigitga qoʻllangan munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat ehtiyot chorasi oʻzgartirilib, u sud zalida qamoqqa olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring