Qashqadaryodagi dala shiyponi yer maydoni soxta hujjatlar asosida sotilganligi aniqlandi
Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabogʻ tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.X. va boshqalar tumandagi «Alaqargʻa» qishlogʻida joylashgan davlat zaxirasidagi 35 sotix yer maydoniga ega boʻlgan dala shiyponini “S.H.” MCHJning muhri va shtampidan foydalanib, goʻyoki ushbu dala shiyponi MCHJga qarashli ekanligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ushbu hujjatlar orqali Qarshi shahridagi “I.K.” MCHJda dala shiyponi 4 mln soʻmga boshqa fuqaro F.N.ga sotilganligi haqida savdo bayonnomasini chiqarishga erishib, dala shiyponi F.N.ga berib yuborilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring