Qashqadaryoda uch kishi taksi haydovchisiga hujum qilib, toʻnab ketishdi

11:55 28 Dekabr 2021 Jamiyat
870 0

Qashqadaryo viloyatida uch nafar qurollangan shaxs pnevmatik, elektr toki va pichoq bilan taksi haydovchisiga hujum qildi. Bu haqda IIV Tergov boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 25-dekabr kuni soat 16:30da “Nexia-2” rusumli avtomashina Chiroqchi tumanida Qarshi-Samarqand yoʻli chetida toʻxtab turgan “Matiz” rusumli avtomashina oldiga kelib qolgan. Mashinadan 3 nafar nomaʼlum shaxs tushib, “Matiz” haydovchisidan oʻz mashinasiga oʻtirishni soʻragan.

Soʻngra ular taksi haydovchisini pnevmatik toʻpponcha, shovqinli toʻpponcha, pichoq bilan qoʻrqitib, 1 million 820 ming soʻm, 701 AQSH dollari, 2,5 million soʻmlik Samsung A22 smartfoni, 700 ming soʻmlik iPhone 5s, 100 dollarlik T99 videoregistratori va boshqa qimmatbaho narsalarni olib, voqea joyidan qochib ketishgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 3 nafar yigit qoʻlga olindi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер