Qashqadaryoda togʻaning bir buyragi jiyaniga, singilniki esa akasiga koʻchirib oʻtkazildi
Qashqadaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda navbatdagi tranplantatsiya amaliyotlari oʻtkazildi.
Kosonlik Muhriddin Gʻaniyev 28 yoshda. U bir necha yildan buyon surunkali buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib keladi. Bemorga 44 yoshli togʻasi Bahodir Panjiyevning buyragi koʻchirib oʻtkazildi.
Ayni paytda togʻa-jiyan oʻzlarini yaxshi his etmoqda.
27 yoshli Baxtiyor Egamov 2018-yildan buyon buyrak xastaligi bois gemodializ muolajalarini olib kelar edi. Chuqur tahlil va tekshiruvlardan soʻng unga 25 yoshli singlisi Nigoraning buyragi mos kelishi aniqlandi. Nigora uzoq oʻylanib oʻtirmadi – jigariga donor boʻlishga rozilik bildirdi.
Murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring