Qashqadaryoda fermer xoʻjaliklari 664 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

13:39 19 Iyul 2024 Iqtisodiyot
271 0

Qashqadaryo viloyatida suv nasoslarini elektr tarmogʻiga yashirincha ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xoʻjaligi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Tadbirda Koson tumanida joylashgan “B.I.” fermer xoʻjaliklariga tegishli boʻlgan dala maydonlariga oʻrnatilgan ikkita suv nasosini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 664,6 million soʻmni tashkil etgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jizzax viloyatida 745,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xoʻjaliklari aniqlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер