Elektr taʼminoti Qashqadaryoda 40, Andijonda 45 foiz qayta tiklangan
Illyustrativ foto
Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati respublikamiz hududlarida elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot (soat 18:00 holatiga) berdi.
Unga koʻra, umumtizimda yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa, oʻz navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelmoqda.
Shu sababli, issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining kamayishi kuzatilmoqda va bu elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi — Barcha tuman va shaharlarida elektr taʼminoti mavjud (100%).
2. Andijon viloyati (45%) — Andijon shahar 70%, Xonobod tumani 80%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 10% elektr taʼminoti mavjud;
3. Buxoro viloyati (80%) — Qorakoʻl tumani 60%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 100% elektr taʼminoti mavjud;
4. Jizzax viloyati (100%) — Barcha tuman va shaharlarida elektr taʼminoti mavjud;
5. Qashqadaryo viloyati (40%) — Qarshi shahar 80%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 5% elektr taʼminoti mavjud;
6. Navoiy viloyati (95%) — Xatirchi tumani 80%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 100% elektr taʼminoti mavjud;
7. Namangan viloyati (77%) — Namangan shahri 75%, Mingbuloq tumani 75%, Kosonsoy tumani 75%, Norin tumani 80% Pop tumani 70%, Toʻraqoʻrgʻon tumani 75%, Uychi tumani 75%, Uchqoʻrgʻon tumani 80%, Chortoq tumani 75%, Chust tumani 75%, Yangiqoʻrgʻon tumani 80%, Namangan tumani 80% elektr taʼminoti mavjud;
8. Samarqand viloyati (55%) — Kattaqoʻrgʻon shahar 50%, Kattaqoʻrgʻon tumani 90%, Jomboy tumani 90%, Pastdargʻom tumani 10%, Narpay tumani 70%,Tayloq tumani 70%, Urgut tumani 80%, Samarqand shahar 95% elektr taʼminoti mavjud;
9. Surxondaryo viloyati (65%) — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 %, Termiz shahri 70%, Termiz tuman 60 %, Oltinsoy tumani 70%, Shoʻrchi, Boysun, Qumqoʻrgʻon, Angor, Muzrobod, Jarqoʻrgʻon, Qiziriq, Bandixon tumanlari 10% elektr mavjud;
10. Sirdaryo viloyati (55%) — Shirin shahri 100%, qolgan tuman va shaharlarda 45% elektr taʼminoti mavjud taʼminoti mavjud;
11. Toshkent viloyati (80%) — Angren shahar 30%, Bekobod shahar 60%, Nurafshon shahar 10%, Olmaliq shahar 60%, Ohangaron shahar 50%, Chirchiq shahar 80%, Yangiyoʻl shahar 50%, Buka tumani 15%, Boʻstonlik tumani 70%, Zangiota tumani 100%, Qibray tumani 80%, Quyi Chirchiq tumani 60%,Ohangaron tumani 50%, Parkent tumani 70%, Piskent tumani 20%, Toshkent tumani 80%, Oʻrta Chirchiq tumani 20%, Yuqori Chirchiq tumani 70%, Chinoz tumani 90%, Yangiyoʻl tuman 80% elektr taʼminotiga ulangan;
12. Fargʻona viloyati (70%) — Dangʻara tumani 50%, Fargʻona tumani 70%, Oʻzbekiston tumani 50%, Rishton tumani 50%, Buvayda tumani 40%, Qoʻqon shahar 100%, Toshloq tumani 50%, Margʻilon shahar 60%, Qoʻshtepa tumani 50%, Bogʻdod tumani 50%, Oltiariq tumani 50%, qolgan tuman va shaharlarida 100% elektr taʼminoti mavjud;
13. Xorazm viloyati (100%) — Barcha tuman va shaharlarida elektr taʼminoti mavjud;
14. Toshkent shahri (100%) — Barcha tuman va shaharlarida elektr taʼminoti mavjud.
Energetika vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash borasida barcha choralar koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring