Qashqadaryoda qaynotasining miltigʻi otilib ketgan kelin halok boʻldi
Illyustrativ foto
Qashqadaryo viloyatida beparvolik bilan saqlab kelingan ov miltigʻi otilib ketishi oqibatida ayol kishi halok boʻldi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
Bildirilishicha, Yakkabogʻ tumani Oʻrta MFYda yashovchi Q.N. 2013-yilda oʻziga biriktirilgan otish uchun yaroqli boʻlgan “Toz-16” rusumli ov quroli va uning oʻqlarini saqlashda beparvolik qilgan.
Jumladan, u 2024-yil 22-sentyabr kuni ov qurolini Husen qishlogʻida joylashgan molxona binosi yonidagi omborxonada joylashgan seyfga tiqib qoʻyishni unutib, ochiqda qoldirgan.
Oʻsha kuni soat 14:30 larda Q.N.ning kelini M.J. molxonani tozalash uchun kirgan va qurolni seyfga joylamoqchi boʻlgan. Shu vaqtda miltiq otilib ketgan va oʻq ayolning boshiga tegib uni jarohatlagan. Oqibatda ayol voqea joyida halok boʻlgan.
“Mazkur holatda qurol saqlashda ehtiyotsizlik qilgan Q.N.ning harakatlarida jinoyat tarkibi boʻlgani uchun, 2024-yil 24-sentyabr kuni unga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 249-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Qoʻshimcha qilinishicha, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi Yakkabogʻ tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimiga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring