Qarshida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Qarshi davlat texnika universitetida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda maʼruzachilar inson huquq va erkinliklarini taʼminlash yoʻnalishida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, yaqin yillarda qabul qilingan muhim huquqiy hujjatlar hamda ularning asosiy mazmun-mohiyati toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berdilar.
— Dekabr oyini haqli ravishda huquqiy targʻibot oyligi deya olamiz, — deydi Ombudsmanning viloyatdagi mintaqaviy vakili Lola Saodatova. — Chunki bu oyda inson huquqlariga doir qator muhim sanalar bor. Xususan, 8-dekabr — Konstitutsiya qabul qilingan kun, 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni, 10-dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuni. “Ombudsman maktabi” loyihasi ham ushbu sanalar munosabati bilan korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalarida huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda.
Loyiha doirasida shu kabi maʼrifiy uchrashuvlar viloyatning bir qator oliy taʼlim muassasalarida ham tashkil etildi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring