Qarshida “Amir Temur jangovar bayrogʻi” tantanali kutib olindi

17:48 15 Yanvar 2025 Jamiyat
174 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2023-yilda ilk bor harbiy okruglar oʻrtasida “Amir Temur jangovar bayrogʻi” tanlovi tashkil etilgan edi.

Tanlovning joriy yilgi bosqichida Janubi-Gʻarbiy maxsus harbiy okrugi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Poytaxtdan “Amir Temur jangovar bayrogʻi” bilan qaytayotgan okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi masʼullari Qarshi xalqaro aeroportida viloyat hokimligi, harbiy xizmatchilar hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, Janubi-Gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi va barcha qashqadaryoliklarni “Amir Temur jangovar bayrogʻi” qoʻlga kiritilganligi bilan tabrikladi va bu barcha uchun gʻurur, iftixor ekanligini taʼkidladi.

Soʻzga chiqqanlar tomonidan bu eʼtirof Janubi-Gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, qolaversa, Qashqadaryo viloyat harbiy-maʼmuriy sektori tomonidan Qurolli Kuchlarimizning jangovar shayligini taʼminlash, milliy armiyamizning shavkatini yanada yuksaltirish yoʻlida olib borilayotgan ishlarga berilgan munosib baho ekanligi qayd etildi.

Tadbirdan soʻng “Amir Temur jangovar bayrogʻi” Qarshi shahar koʻchalari boʻylab tantanali olib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер