Qarshi davlat universitetida kasbiy-ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Mamlakatimizdagi 46 ta oliy taʼlim muassasasi qatorida Qarshi davlat universitetida ham 2022-2023 oʻquv yili uchun kasbiy-ijodiy imtihonlar davom etmoqda.
Bu yil universitetga “Sport faoliyati: futbol, voleybol, yengil atletika, kurash, dzyudo” va “Dizayn: libos va gazlamalar” yoʻnalishlari boʻyicha 1200 nafardan ziyod abituriyent hujjat topshirgan boʻlib, sinovlar Qarshi davlat universiteti markaziy stadioni, sport zallari va sanʼatshunoslik fakulteti binosida boʻlib oʻtmoqda.
Imtihonlar adolatli va shaffof oʻtkazilishini taʼminlash uchun 24 soat uzluksiz ishlaydigan videokuzatuv moslamalari oʻrnatilgan va jarayonlarni exams.live.qarshidu.uz.. havolasi orqali real vaqt rejimida onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
— Sportga qiziqishim va ishtiyoqim balandligi uchun universitetning yengil atletika yoʻnalishiga hujjat topshirgan edim, — deydi Sabina Soliyeva. — Yoshligimdan yengil atletika bilan shugʻullanib kelayotganim bugun imtihon jarayonida qoʻl keldi. Yuqori natijani qayd etdim. Nasib etsa, test sinovlaridan ham muvaffaqiyatli oʻtib, universitet talabasi boʻlishni niyat qilib turibman.
Aytish joizki, kasbiy-ijodiy imtihonlar abituriyentlar uchun eng masʼuliyatli va hal qiluvchi palla hisoblanadi. Imtihonlar joriy yilning 10-avgustiga qadar davomi etadi va bu davr oraligʻida alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida eng munosib oʻgʻil-qizlar saralab olinadi.
Faxriddin BOZOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring