Qarshi Davlat universiteti va viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablar oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

16:04 06 Mart 2024 Jamiyat
249 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Jahongir Boymurodov/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning 5-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maktab taʼlimi va oliy taʼlim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha qator vazifalarni belgilab berilgandi.

Shundan kelib chiqqan holda, Qarshi Davlat universiteti tomonidan Koson, Kasbi va Muborak tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablar bilan hamkorlik oʻrnatildi.

Hamkorlik doirasida universitet rektori, professor Dilmurod Nabiyev boshchiligida oliygoh professor-oʻqituvchilari ushbu maktablarga borib, u yerdagi imkoniyatlar, shart-sharoitlar bilan tanishdi. Muloqotlarda maktablarda oʻqitiladigan aniq va tabiiy fanlar, xorijiy tillar uzviyligini universitetning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida ham taʼminlash bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

— Buning uchun ushbu maktablar hamda universitetimiz professor-oʻqituvchilardan iborat ishchi guruh tuzilib, universitetda oʻqitiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar), shuningdek, universitet akademik litseyining oʻquv reja va dasturlari ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquv reja va dasturlariga muvofiqlashtiriladi, — deydi Dilmurod Nabiyev. — Yangilangan dasturlar esa 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab universitetda joriy qilinadi. Shuningdek, universitetning mutaxassislik tayyorlaydigan kafedra oʻqituvchilari maktablarga biriktiriladi.

Oʻtkazilgan tadbirlar doirasida hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida oʻzaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?