Qalin tuman ikkita aeroport faoliyatini vaqtincha chekladi

16:09 30 Dekabr 2022 Jamiyat
444 0

Noqulay ob-havo sharoiti “Toshkent” va “Andijon” xalqaro aeroportlari ishining cheklanishiga sabab boʻldi.

Xususan, Toshkent aeroportida quyuq tuman sababli koʻrinishning yomonlashishi (250 m) “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9614 (Moskva — Toshkent) reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirilishiga sabab boʻldi.

HY336 (Jidda — Toshkent) reysi esa Navoiy xalqaro aeroportiga yoʻnaltirildi. Ob-havo yaxshilangach, bort yoʻlovchilar bilan poytaxt aeroportiga uchib keldi.

Andijon aeroporti ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli vaqtincha yopildi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY091 (Toshkent — Andijon) va HY049 (Andijon — Samarqand) reyslari Fargʻona aeroportidan oʻzgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. “Andijon” aeroporti rahbariyati tomonidan yoʻlovchilar uchun Fargʻona aeroportiga transport tashkil qilindi.

Parvozlar jadvalidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni aviatashuvchilardan olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?