Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sh.F.” MChJ ish boshqaruvchisi Sh.N. “Isuzu” yuk avtomashinasida 130,1 mln so‘mlik qo‘lbola usulda tayyorlangan 8 240 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini Romitan tumanida o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu MChJ omborxonasidan yana 73,1 mln so‘mlik jami 2 116 dona alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan DSI xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.I.” oilaviy korxonasi va “E.F.” MChJga qarashli savdo do‘konlarida “Santal”, “Baikal”, “Russkaya” nomli jami 880 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring