Qadimgi Yer halqalar tizimi bilan oʻralgan boʻlishi mumkin
Yer taxminan 466 million yil oldin halqa tizimi bilan oʻralgani taxmin qilinmoqda. Olimlar 21 ta meteorit kraterlarining joylashuvini hisobga olgan holda Ordovik davrining plastinka tektonikasini qayta qurish orqali shunday xulosaga kelishdi.
Sayyora qitʼa qobigʻining 70 foizdan ortigʻi ushbu mintaqadan tashqarida joylashganligiga qaramay, barcha kraterlar ekvatordan 30 daraja ichida joylashgan. Mavjud nazariyalar bu holatni tushuntira olmaydi.
Monash universiteti (Avstraliya) qoshidagi Yer, atmosfera va atrof-muhit maktabi jamoasi katta asteroid sabab boʻlganini taxmin qildi. U Yerga yaqin uchgan va parchalanib ketgan. Shundan soʻng sayyora atrofida vayronalar halqasini hosil qilgan.
Millionlab yillar davomida bu halqaning qoldiqlari asta-sekin Yerga tushib, kraterlarni hosil qildi. Ushbu nazariya bu davrdagi choʻkindi jinslarning qatlamlarida juda koʻp meteorit parchalarini oʻz ichiga olganligi bilan isbotini topdi.
Olimlar bunday tizim iqlimga global taʼsir koʻrsatishini taʼkidladilar. U quyosh nurini toʻsib qoʻydi. Bu esa haroratning pasayishiga olib keladi. Boshqa tadqiqotlar Ordovik davrining oxiri sayyora tarixidagi eng ogʻir muzlik davrlaridan biri ekanligini tasdiqladi.
Tadqiqot natijalari kosmik hodisalarning Yer evolyutsiyasiga taʼsirini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring