PSJ, “Real Madrid” yoki “Barselona”. Qozogʻistonga qaysi grand klub kelishi mumkin?
Avvalroq xabar berganimizdek, Qozogʻistonning “Qayrat” jamoasi oʻz tarixida birinchi marotaba UEFA Chempionlar Ligasiga yoʻl oldi. 28-avgust kuni Monakoda musobaqaning guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtadi. Unda “Qayrat” klubi qurʼaning 4-savatchasidan oʻrin oladi.
1-savatchada quyidagi jamoalar bor:
• PSJ (Fransiya);
• “Manchester Siti” (Angliya);
• “Bavariya” (Germaniya);
• “Barselona” (Ispaniya);
• “Real Madrid” (Ispaniya);
• “Borussiya Dortmund” (Germaniya);
• “Chelsi” (Angliya);
• “Liverpul” (Angliya);
• “Inter” (Italiya).
Musobaqa reglamentiga koʻra, 4-savatchadagi jamoalar yuqoridagi klublarning 2 tasi bilan kuch sinashadi. Ushbu 2 bahsning 1 tasi 4-savatchadagi jamoa maydonida boʻlib oʻtadi.
Demak, “Qayrat” bilan bahslashish uchun yuqorida tilga olingan grand klublardan biri Qozogʻistonga keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring