Prokuratura departamenti: 220 million soʻmlik tamaki qoʻlga tushirildi
Tamaki mahsulotlarning noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushirildi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan М.Х. Rayhon koʻchasidagi qurilishi tugallanmagan binoda umumiy bahosi 220 mln soʻmlik xorijda ishlab chiqarilgan 4 turdagi jami 24 ming 440 quti tamaki mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlangan.
Avvalroq alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi va qoʻshimcha litsenziya talablari joriy etilishi haqida maʼlum qilgan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring