Prezident Yangi Oʻzbekiston koʻchasidagi qurilish loyihalari bilan tanishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-sentyabr kuni Toshkent shahrining Yangi Oʻzbekiston koʻchasidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi.
Uzunligi 11 kilometr, eni 86 metr boʻlgan bu koʻcha soʻnggi yillarda eng katta yoʻllardan biriga aylandi. Shaharning kengayishi va Toshkent viloyatining turizm salohiyatidan kelib chiqilsa, uning kelajagi ham istiqbolli.
Shu bois, davlatimiz rahbarining 2022-yil 30-iyundagi qaroriga asosan, Yangi Oʻzbekiston koʻchasida ishbilarmonlik markazi qurilishi va yoʻli boʻyi infratuzilmasi rivojlantirilishi belgilangan edi. Unga muvofiq, direksiya tuzilib, meʼmoriy konsepsiya ishlab chiqildi.
Loyihaga koʻra, koʻchaning ikki tomonida milliy ruhga uygʻun zamonaviy turar joylar, mehmonxona, savdo va xizmat koʻrsatish majmualari quriladi. Sayilgoh va koʻngilochar maskanlar, piyoda va velosiped yoʻlakchalari tashkil etiladi.
Maʼlumki, bu yerda “Toshkent-Sharqiy” aeroporti va Olimpiya shaharchasi ham qurilmoqda. Prezidentimiz ushbu inshootlar atrofini hamda ularga olib boruvchi yoʻl boʻyini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha koʻrsatma bergan edi.
Bu galgi tashrif chogʻida shu boradagi landshaft dizayni takliflari koʻrib chiqildi. Unga koʻra, Yangi Oʻzbekiston koʻchasining ikki tarafi yanada obod qilinadi. Chinor, eman, lola daraxti, katalpa, pisardiya, kiparis, hind nastarini, lavanda, Suriya atirguli kabi daraxt va butalar dekorativ shaklda ekiladi. Aeroport oldida ikkita favvora barpo etiladi. Umuman, bu hudud Toshkentning “yashil belbogʻi”ning bir qismi boʻladi.
Davlatimiz rahbari landshaft kompozitsiyasi boʻyicha oʻz tavsiyalarini bildirdi. Bu yerda ekologiya, sifat va madaniyat uygʻunlashishi kerakligini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev: Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!
- 17 nafar professor-oʻqituvchiga ilmiy unvon berildi
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring