Prezident topshirigʻi bajarildi. Sirdaryolik urush faxriysiga uy sovgʻa qilindi

10:42 10 May 2024 Jamiyat
260 0

Prezident sirdaryolik urush faxriysi Oʻskan ota Xadjimanov bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan viloyat hokimiga otaxonga Guliston shahridan uy sovgʻa qilish haqida topshiriq bergan edi.

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Prezident topshirigʻiga binoan boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovgʻa qildi. Bu haqida viloyat hokimligi Facebook sahifasida xabar berilgan.

Davlatimiz rahbari 8-may kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olgandi.

Oʻskan ota Xadjimanov 101 yoshda, ayni paytda shifoxonada davolanayotgani bois, xonadon uning kelini va nabiralariga topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?