Prezident sovrini kimlarga nasib etadi?
Foto: Dinara Chirkova, "Xalq so'zi"
Dilshod ULUGʻMURODOV, "Xalq so'zi". Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” majmuasida Prezident sovrini uchun oʻtkazilayotgan “Tashabbus—2019” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
Joriy yilda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida 6700 dan ziyod tadbirkorlik subyektlari qatnashgani, shundan 960 nafar tadbirkor, fermer hamda hunarmand Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritgani fikrimiz tasdigʻidir. Tanlovning respublika bosqichiga esa 69 ta tadbirkorlik subyekti yoʻllanmani qoʻlga kiritgan boʻlsa, shundan 41 nafari tadbirkor, 14 nafari hunarmand va 13 nafari fermerlardir.
Joriy yilgi tanlov gʻoliblari beshta — “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Xizmat koʻrsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi fermeri” hamda “Yilning eng yaxshi hunarmandi” nominatsiyalarida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus — 2019”respublika koʻrik-tanlovi gʻoliblari 22-iyun kuni maʼlum boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring