Prezident Norin tumanidagi Shoʻrariq mahallasida boʻldi, odamlar bilan muloqot qilib, turmush sharoitlarini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berdi
Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida davlatimiz rahbari Norin tumanidagi Shoʻrariq mahallasiga kirdi.
Mahallaning sharoiti ogʻir. Ichki yoʻllar taʼmirtalab, koʻcha chiroqlari va lotoklar yoʻq. Bu yerda 5 mingdan ziyod aholi yashaydi. 62 ta kambagʻal oila, 118 nafar ishsiz bor, 157 odam migratsiyada.
Aslida, tumanlararo yoʻl boʻyida joylashgan mahallada tadbirkorlik, savdo va xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha imkoniyat koʻp. Boʻsh turgan binolarni davlat-xususiy sheriklik asosida quvvatga kiritish mumkin.
Prezidentimiz hududdagi muammolar boʻyicha aholi fikrlarini eshitdi.
– Endi bu mahallani tubdan oʻzgartirib, “Yangi Oʻzbekiston” nafasini olib kiramiz. Koʻchalar obod qilinib, qiyofasi yangilanadi. Odamlarning yashashi, sayr qilib, bolalari bilan dam olishi uchun munosib sharoitlar boʻladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mutasaddilarga mahallani namunaga aylantirish boʻyicha koʻrsatma berildi. Jumladan, unga shahar muhitini olib kirish va tadbirkorlik uchun sharoitlarni yaxshilash boʻyicha master-reja ishlab chiqiladi. U asosida joylar tayyor loyiha va infratuzilma bilan tashabbuskorlarga taklif etiladi. Natijada mahallaning salohiyati oshib, atrofdagi 5 ta mahalla uchun markazga aylanadi.
Zamonaviy mahalla guzari va sayilgoh barpo etiladi, bolalar va sport maydonchalari, kutubxona, kasb va til oʻrgatish markazi, bank shoxobchasi tashkil qilinadi. Maktab va bogʻchalar davlat investitsiya dasturi doirasida kapital taʼmirlanadi. Koʻchalar asfaltlanib, manzarali va mevali daraxtlar, gul koʻchatlari ekiladi. Eskirgan va hosildorligi past bogʻlar toʻliq yangilanadi. Ijtimoiy shartnoma asosida odamlar oʻz uylarini tartibga keltiradi.
Umuman, butun mamlakatimizda quyi tizimda ishlarni “jonlantirish” boʻyicha qaror ishlab chiqilayotgani aytildi. Tuman va mahallalarga yangicha qiyofa olib kirish uchun byudjetdan jami 5 trillion soʻm ajratiladi. Jumladan, Namanganda Kosonsoy va Norin tumanlariga 100 milliard soʻmdan, qolgan tumanlarning ikkitadan “ogʻir” mahallasiga esa 5 milliard soʻmdan yoʻnaltirilib, ularni mehnatda namunali, hayoti farovon, tadbirkorlikda yetakchi hududga aylantirish choralari koʻriladi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring