Prezident Mirziyoyevning Samarqand tashabbusi global muloqotni shakllantirishga munosib hissa qoʻshadi — Abdulaziz Kamilov
Bu haqda prezidentning tashqi siyosat boʻyicha maxsus vakili BMT shtab-kvartirasida Oʻzbekiston rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqiga bagʻishlangan brifingda maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, umumiy kun tartibining eng muhim masalalari boʻyicha muntazam forumlar oʻtkazish orqali Samarqand tashabbusini amalga oshirish global muloqotni shakllantirishga, kelishilgan yondashuv va yechimlarni izlashga, ishonchni tiklashga va global keskinlikni pasaytirishga munosib hissa qoʻshadi.
Bugun har qachongidan ham koʻproq ishonch va oʻzaro tushunish, davlatlarning qarama-qarshiliklarni kelishilgan va murosali yondashuvlar asosida hal etish qobiliyati har qachongidan ham muhimdir.
Abdulaziz Kamilovning eslatib oʻtishicha, ana shunday sharoitda Oʻzbekiston prezidenti 2022-yilda “Umumiy xavfsizlik va farovonlik yoʻlida Samarqand birdamlik tashabbusi”ni ilgari surgan edi. Uning mazmun-mohiyati mintaqaviy va global muammolarni birgalikda hal etish boʻyicha muloqotni yoʻlga qoʻyishdan iboratdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring