Prezident masʼullarga avtokredit stavkasini pasaytirishni topshirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda aholining mahalliy avtomobillarga talabini ragʻbatlantirish maqsadida avtokredit stavkasini pasaytirish va hajmini oshirish chorasini koʻrish topshirildi.
Yigʻilishda qayd etilishicha, yurtimizda yiliga 650 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta yirik korxona bor.
Joriy yilda 300 dan ziyod mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya asosida yana 763 ta detalni ishlab chiqarishni boshlash muhim ekani taʼkidlandi. Ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 510 mingga yetkazish zarur.
Aholining mahalliy avtomobillarga talabini ragʻbatlantirish maqsadida avtokredit stavkasini pasaytirish va hajmini oshirish chorasini koʻrish topshirildi.
Dehqon va fermerlarda bogʻdorchilik traktori, koʻchat ekadigan, hosil yigʻadigan, kartoshka kavlaydigan agrotexnikalarga talab ortib bormoqda.
Chirchiqdagi klaster toʻliq quvvatda ishlab, agrotexnikalarni arzon narxda chiqarsa, lizing kompaniyalari bilan qulay moliyaviy instrumentlar qilib berilsa, dehqon va fermerlar yiliga kamida 15 mingta texnikani sotib olishga tayyor.
Umuman, avtomobil sanoati mutasaddilariga har bir imkoniyatni mana shunday tahlil qilib, joriy yilgi ishlab chiqarish dasturini 10,5 foizlik oʻsishni taʼminlashga moslab qayta koʻrib chiqish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring