Portugaliya "AstraZeneca" vaksinasidan foydalanishni toʻxtatadi

22:46 08 Aprel 2021 Dunyo
1347 0

Foto: AP

Portugaliya baʼzi yosh toifalarini “AstraZeneca” kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlashni toʻxtatadi

Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, rasmiylar bu haqdagi qarorni yaqin vaqt ichida eʼlon qiladi. Xabarlarda qaysi yosh guruhlari haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq, “AstraZeneca” (Buyuk Britaniya/Shvetsiya) kompaniyasi vaksina bilan emlangan ayrim kishilarda qon quyuqlashishi — tromb paydo boʻlayotganini oʻrganishni kirishganini bildirgan edi.

7-aprel kuni Buyuk Britaniyaning Dori va tibbiy vositalarni tartibga solish agentligi mamlakatda “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlanganlar orasida 79 ta holatda tromb hosil boʻlganini maʼlum qilgan edi.Shu bois vaksinani qon quyuqlashishi bilan bogʻlaydigan dalillarning koʻpayib borayotgani sababli ushbu preparatni 30 yoshgacha boʻlgan shaxslarda ishlatmaslikka qaror qildi.

Keyinchalik Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) “AstraZeneca” vaksinasi va tromb hosil boʻlish oʻrtasida bogʻliqlik borligini maʼlum qildi. 

JSST bu tashvishli ekanini taʼkidlab, 200 million emlanganlar orasida ayrim holatlarda qayd etilayotgani va bu juda kamligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?