Ponsod mahallasi ishsizlikdan xoli hududga aylanmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Buvayda tumani azaldan hunarmandlar yurti. Bugungi kunda tumandagi deyarli har bir mahallada ota-bobolardan meros hunarlar mehr bilan davom ettirilmoqda.
Ayni paytda tumandagi “Ponsod” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 1305 ta oilada 4400 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ezgu tashabbuslar doirasida keyingi ikki yilda mahalladagi qariyb 1200 aholi vakillari mebelsozlik yoʻnalishida oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻydi. Birgina, tadbirkorlik qilish istagidagi oilalarga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 5 milliard soʻm kredit ajratib berildi.
— Mahallamizda tayyorlangan zamonaviy mebel mahsulotlari butun mamlakatimiz boʻylab yetkazib beriladi. Qoʻshni davlatlarga eksport qilinmoqda, — deydi “Ponsod” MFY raisi Xursanali Usmonov. — Mebelchilik bilan shugʻullanadigan bitta oilaning bir oylik oʻrtacha daromadi oʻrtacha 40 million soʻm, bir nafar mebelchi ustaniki 5–6 million soʻmni tashkil etmoqda.
Har bir oila oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻygani bois mahallamiz toʻliq “ishsizlikdan xoli hudud”ga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring