Polsha Yevropada yangi gaz quvurini ishga tushiradi

22:58 26 May 2022 Dunyo
973 0

Arxiv surat

Joriy yilning iyun oyi boshida ilk bor gaz Polshadan Slovakiyaga yangi gaz quvuri orqali yetkaziladi. Hozirda ushbu loyiha qurilish jarayonida va bunyodkorlik ishlari yakunlanganidan keyin uni ishga tushirishga tayyorlanilmoqda. Bu haqda Polshaning “Gaz-System” operatori xabarida maʼlum qilindi.

Qurilishi 2018-yilda boshlangan gaz quvurining uzunligi 164 kilometrni tashkil etadi. Funksionallikni tekshirish va marshrutni qabul qilish joriy yilning uchinchi choragidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Gaz quvuri Polshaning Strachotsin shahridagi tugunni Slovakiyaning Velke-Kapushani shahridagi kompressor stansiyasi bilan bogʻlaydi. Uning quvvati Slovakiya tomon 4,7 milliard, Polsha tomon esa 5,7 milliard kubometrni tashkil etadi.

Yangi marshrut Ujgoroddagi gaz taqsimlash stansiyasi orqali Ukrainaga yetkazib berish imkonini beradi. Shu yilning kuzida Boltiqboʻyi quvuri gaz quvurini ishga tushirayotgan va suyultirilgan gazni faol ravishda sotib olayotgan Polsha qoʻshni davlatlarni gaz bilan taʼminlash uchun Yevropa gaz markaziga aylanishni rejalashtirgan.

Avvalroq Polsha Rossiya bilan gaz aloqalarini “Yamal” shartnomasi muddati tugashiga olti oy qolganda uzgani haqida xabar berilgandi. Hozirda “Yamal — Yevropa” gaz quvuri orqali gaz yetkazib berilmayapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер