Polsha Belarus va Ukraina bilan chegarada parvozlarga cheklov kiritdi
Illyustrativ foto
Polsha shu yilning 9-dekabrgacha Belarus va Ukraina bilan chegarada uchuvchisiz uchoqlarning mamlakat hududiga kirishi bilan bogʻliq hodisa tufayli parvozlarga cheklov kiritdi. Bu haqda Polsha havo transporti agentligi maʼlum qildi.
Agentlik bayonotida taʼkidlanganidek, cheklovlar Polsha Qurolli kuchlari tezkor qoʻmondonligi talabiga binoan kiritilgan. Aniqlik kiritilishicha, ular harbiy samolyotlarga taalluqli emas. Bundan tashqari, ushbu hududlarda fuqarolik dronlaridan foydalanish butunlay taqiqlangan.
Polsha uchuvchisiz samolyotlar bilan sodir boʻlgan voqeadan soʻng Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining favqulodda yigʻilishini chaqirishni soʻradi. Shuningdek, Polsha tomoni oʻz hududini yaxshiroq himoya qilish uchun Gʻarb ittifoqchilaridan qoʻshimcha havo hujumidan mudofaa tizimlari va uchuvchisiz havo vositalariga qarshi texnologiyalarni soʻragan.
Avval xabar berganimizdek, shu yilning 9-sentyabrdan 10-sentyabrga oʻtar kechasi Polsha oʻz hududida kamida 23 ta dronni urib tushirgandi. Bosh vazir Donald Tusk sodir boʻlgan voqealarda Rossiyani aybladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring