Pokiston politsiyasi mamlakat sobiq bosh vazir Imron Xonni terrorizmda ayblamoqda
Foto: Global Look Press
Pokiston poytaxti politsiyasi mamlakatning sobiq bosh vaziri va muxolifatdagi “Adolat uchun harakat” partiyasi raisi Imron Xon, uning 17 nafar yordamchisi va tarafdorlariga qarshi terrorizm va boshqa qator qonun buzilishlarida ayblov qoʻydi. Bu haqda “Associated Press” xabar bermoqda.
Ayblovlar bir kun avval Islomoboddagi sud binosi oldida huquq-tartibot idoralari xodimlari va Xonning izdoshlari oʻrtasida toʻqnash kelganidan soʻng keyin yangragan. U poraxoʻrlik ishi boʻyicha sud majlisida ishtirok etishi kerak edi. Toʻqnashuvlar oqibatida 50 nafardan ortiq politsiya xodimi yaralangan. Imron Xonning 59 nafar tarafdori hibsga olingan. Xonning oʻzi esa sudga kelmagan. Bu yerda gap uning bosh vazirlik davrida xorijlik yetakchilardan olgan qimmatbaho sovgʻalarni sotgani haqida ketmoqda.
Xonga qoʻyilgan ayblovlar roʻyxatiga terrorizm, politsiya xodimlarining oʻz vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish, huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilish va ularning hayotini xavf ostiga qoʻyish kabilar kiritilgan. Bunda Pokistonning bir qator sobiq va amaldagi qonunchilari, sobiq vazirlari va Milliy assambleyasi (parlament quyi palatasi) sobiq spikeri ham ayblanmoqda.
Imron Xon 2022-yilning 10-aprelida unga ishonchsizlik votumi natijasida Pokiston bosh vaziri lavozimidan chetlatilgan edi. U oʻziga qarshi siyosiy jarayon xorijdan moliyalashtirilishini bir necha bor taʼkidlagan. 2022-yilning sentyabr oyida Islomobod Oliy sudi Imron Xonni sudga hurmatsizlikda aybladi.
Natijada 2022-yilning oktyabr oyida Imron Xon saylovdan chetlashtirildi, daromadlari toʻgʻrisida notoʻgʻri hisobot bergani uchun besh yilga davlat lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring