Pokiston havo boʻshligʻining yopilishi aviachiptalar narxiga qanday taʼsir qiladi?

Illyustrativ foto
Pokiston havo boʻshligʻining yopilishi natijasida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” xarajatlari ikki barobar koʻpaygan. Bu chiptalar narxining ham oshishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda MAK maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, shu yil 27 fevral kuni Pokiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi qarori bilan mamlakat havo boʻshligʻi 12 martgacha barcha uchib oʻtayotgan parvozlar(tranzitlar) uchun yopilgan edi. Bunga Kashmir atrofida Hindiston bilan kelib chiqqan mojaro sabab boʻldi.
MAK Hindiston(Deli, Amritsar, Mumbay), shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo shaharlari(Bangkok, Kuala-Lumpur, Singapur)ga Pokiston hududini aylanib oʻtib, Turkmaniston va Eron orqali amalga oshirishga majbur boʻldi.
Oqibatda parvoz vaqti, aviakerosin va boshqa davlatlar hududi ustidan uchib oʻtish xarajatlari koʻpaydi.
Bunday muammoli vaziyatda MAK koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlarga aviareyslarni bekor qilmadi. Vaholonki, boshqa aviatashuvchilar bekor qilishgandi.
MAK agar havo boʻshligʻi bundan buyon ham yopiqligicha qolsa, aviachiptalar narxini qayta koʻrib chiqishga majbur boʻlishini ham bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring