Poytaxtning yana bir tumaniga yangi hokim tayinlandi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Mamajonov Bunyod Baxtiyorovich Toshkent shahri Uchtepa tumanining hokimi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qildi.
Bunyod Mamajonov 1985-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Maʼlumoti oliy, 2008-yilda Toshkent moliya institutini magistrlik darajasi bilan tamomlagan.
Mamajonov 2020-yildan shu kunga qadar “Asakabank” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 25-sentyabr kuni Toshkentning Shayxontohur va Mirzo Ulugʻbek tumanlari, shuningdek, Surxondaryoning Shoʻrchi hamda Muzrabot tumanlariga ham yangi hokimlar tayinlangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring