Poytaxtimizda toʻrtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻz ishini boshladi

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Forum doirasida investitsiya koʻrgazmasi tashkil etilib, unda yirik xususiy va mahalliy kompaniyalar oʻz loyiha va imkoniyatlarini xalqaro investorlarga taqdim etmoqda. Koʻrgazmalar zalida “Yandex Uzbekistan”, “Wildberries”, “Navoiyuran”, “Fonon”, “Uzmetkombinat”, “TMK” kabi yetakchi kompaniyalarning stendlari taqdim etilyapti.

Tadbir doirasida panel muhokamalari, bir qator strategik bitimlar imzolanishi va biznes uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Forum kun tartibi juda boy: oliy va yuqori darajadagi muzokaralar, nufuzli uchrashuvlar va mazmunli muhokamalar Oʻzbekistonning jahon iqtisodiy maydonidagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Taqdim etilgan loyihalar energetika va infratuzilmadan tortib raqamli transformatsiyagacha boʻlgan turli sohalarni qamrab oladi. Forumning investitsion portfeli bir necha milliard dollarni tashkil etadi. Tashabbuslar qatorida yirik loyihalar, jumladan, “Yangi Toshkent” megaloyihasi, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan koʻplab shartnomalar mamlakatimizning sarmoyaviy jozibadorligi oshib borayotganini tasdiqlaydi.

Tadbirni yoritish uchun “CNN”, “BBC”, “Euronews”, “Reuters”, “Al Jazeera” va “CGTN” kabi dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalarining 130 dan ortiq vakillari Toshkentga kelgan. Bu xalqaro hamjamiyatning Oʻzbekistonga qiziqishi ortib borayotganidan dalolatdir.

Forumda 3000 dan ortiq xorijiy vakillar: vazirlar, siyosatchilar, yirik korporatsiyalar, investitsiya fondlarining top-menejerlari, barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va raqamli transformatsiyalar sohasidagi ekspertlar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat mamlakatimiz iqtisodiy yutuqlarini namoyish etadi, balki uning yangi qiyofasini – jahon maydonidagi ochiq, ishonchli va jozibador hamkorini shakllantiradi.






















Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring