Poytaxtda fuqaro qariyb 450 million soʻmlik gaz oʻgʻirladi

11:30 09 Fevral 2026 Jamiyat
226 0

Poytaxtda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, Toshkent shahrida Gaz taʼminoti filiali mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boʻlimi xodimlari tomonidan reyd tadbirlari oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, Mirobod tumani, Lokomotiv koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro U. J. tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulanib olgan holda, noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh qilingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur qonunbuzilish holati oqibatida 449 million 107 ming soʻm zarar aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?