Pilla — 2022: qashqadaryoliklar pilla hosilini terishga kirishdi

08:52 20 Sentyabr 2022 Iqtisodiyot
691 0

Yakkabogʻlik kasanachilar ham III-IV mavsumda pilla xirmonini koʻtarishga kirishdi. Barcha hududlarda ipak qurtlariga yetarlicha ozuqa bazasi borligi, mutaxassislarning oʻz vaqtida nazorat ishlarini olib borganliklari sababli hosil har doimgidan ham yaxshi.

Viloyat boʻyicha jami 6020 quti ipak qurti boqilib, 240,8 tonna pilla hosili olish reja qilingan. Bugungi kunda qabul qilingan pilla hosili uchun tarozi boshida shartnoma pullari toʻlab berilmoqda.

Shuningdek, Yakkabogʻ tumani pillakorlariga takroriy pilla boqish mavsumida 762 quti ipak qurti tarqatib berilgan boʻlib, natijada 30 tonna hoʻl pilla topshirish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?