Peruning sobiq prezidenti pora olganlikda ayblanib hibsga olindi

10:18 14 Avgust 2025 Dunyo
215 0

Foto: ANDINA

Peru sudi irrigatsiya va shifoxona qurilishi loyihalarini amalga oshirishda pora olganlikda ayblanayotgan sobiq prezident Martin Vizkarrani besh oyga hibsga olishga qaror qildi. Bu haqda Peru Bosh prokuraturasi xabar berdi.

U Lomas de Ilo shahrida va Mokuegua mintaqaviy hukumati raisi boʻlib ishlagan vaqtida Mokegua mintaqaviy shifoxonasi loyihalarini kengaytirishda pora olgani gumon qilinmoqda. Vizkarra tergov tugaguniga qadar qamoqqa olingan, sudlanuvchining himoyasi qaror ustidan shikoyat qilmoqchi.

Ayblovga koʻra, sobiq prezident pudratchi kompaniyalarga yuz minglab dollarlik noqonuniy toʻlovlar evaziga qurilish shartnomalarini olishda yordam bergan. Bundan tashqari, prokurorlarning taʼkidlashicha, Vizkarra soxta sayohat hisobotlari orqali saylovoldi kampaniya faoliyatini yashirgan boʻlishi mumkin.

Soʻnggi yillarda Peruning bir qancha sobiq prezidentlari korrupsiyada ayblanib, qamoq jazosiga hukm qilingan. 2024-yil oktyabr oyida sud sobiq prezident Alexandro Toledoni fitna, pul yuvish va poraxoʻrlikda ayblab, 20,5-yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?