Peresning “diktaturasi” davom etadi
Florentino Peres 5-marta “Real Madrid” klubi prezidenti etib saylandi. U 2029-yilgacha shu lavozimda faoliyat olib boradi, deb xabar bermoqda “ESPN” nashri.
Maʼlum qilinishicha, “Real Madrid” klubi prezidentligiga koʻrsatiladigan nomzodlar baʼzi talablarga mos kelishi kerak boʻlgan. Jumladan, nomzod kamida 20-yil davomida klub aʼzosi boʻlishi talab qilinadi. Bu safargi saylovda ham klub rezidentligiga nomzodlar orasida talablarga mos keladigan biror kuchli raqobatchi topilmadi.
Florentino Peres 2000-yildan beri klub prezidentligi uchun asosiy nomzod boʻlib kelmoqda. Peresning bu lavozimdagi omadsiz yillari 2006-yilga toʻgʻri keladi. Oʻshanda Peres boshchiligidagi qirollik klubi ketma-ket uch mavsumni kuboksiz oʻtkazgan hamda Peres isteʼfoga chiqarilgandi.
Uning ikkinchi bor prezidentlikka saylanishi klub tarixidagi eng muvaffaqiyatlisi boʻlgan. Peres bu davrda besh marta LaLigada gʻalaba qozongan, oltita Chempionlar Ligasi kubogini qoʻlga kiritgan.
Bundan tashqari, jamoaning “Galaktikos” deb nomlanuvchi davri ham Peresning rahbarligi ostida boʻlgan. U super yulduzlar Luish Figu, Zinedin Zidan, Ronaldu Nazario va Devid Bekxem bilan shartnoma imzolagan va ikki marta liga va 2002-yilgi Chempionlar ligasini yutgan.
Eslatib oʻtamiz, “Real Madrid” LaLiga va Chempionlar ligasining amaldagi gʻolibi sifatida ushbu mavsumda ikkita sovrin — UEFA Superkubogi va FIFA Qitʼalararo Kubogini qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring