Pastdargʻom tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Pardayev Jamshid Arziyevich Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 3-fevral kuni Xalq deputatlari Pastdargʻom tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazilgan. Unda Samarqand viloyati hokimi soʻzga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xoʻjaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar hamda yechimini kutayotgan muammolar haqida gapirgan.
Shundan soʻng, sessiyada tashkiliy masala koʻrilib, Sh.Rahmonov oʻz arizasiga koʻra, Pastdargʻom tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan.
Shu paytgacha Pastdargʻom tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat koʻrsatgan Pardayev Jamshid Arziyevich Pastdargʻom tumani hokimi etib tasdiqlangan.
Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi muhim vazifalar ham belgilab olingan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mahmudov Temur Asomidinovich Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring