Parlamentda zamonaviy kutubxona ish boshladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida zamonaviy va har tomonlama qulay boʻlgan “Parlament kutubxonasi” ish boshladi.
Kutubxona oʻquv, anjumanlar, qonun ijodkorligi kabi zallar va kutubxona arxividan iborat boʻlib, uning fondi siyosat, iqtisodiyot, davlat va huquq, yuridik fanlar, badiiy adabiyotlar, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, tarix, xususan, Oʻzbekiston va jahon tarixiga oid jami 40 mingdan ziyod kitoblardan iborat.
Shu oʻrinda zamonaviy kutubxonada xorijiy davlatlar parlamentlari oʻrtasida oʻzaro parlamentlararo elektron kutubxonalar, parlamentlararo kelishuv-memorandumlarini tuzish va u asosida maʼlumotlar almashinuvini taʼminlovchi integratsiyalashgan tizim ham ishga tushirildi. “Parlament kutubxonasi”ning elektron kitob fondini kengaytirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, “Jahon raqamli kutubxonasi” (BMT va AQSH Kongressi qoʻshma loyihasi), “Yevropa raqamli kutubxonasi” va “Google kutubxonasi» fondlaridan foydalanish imkoniyati ham yaratildi. Kutubxona oʻquvchilariga qulayliklar yaratish maqsadida esa infokiosklar oʻrnatildi.
Shuningdek, kutubxonada 97 ta mamlakatda 54 ta tilda nashr qilinadigan jahon ilmiy tadqiqotlari bazasiga ega – JSTOR, Library Press Display, MDH mamlakatlari, Xitoy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining toʻliq matni hamda bibliografik maʼlumotlar bazasidan iborat – East View, tadqiqotchilar uchun jurnallar, kitoblar, qarorlar, axborot nashrlaridan olingan 9 milliondan ortiq ilmiy hujjatlarni taqdim etuvchi – Springer Link va ProQuest kabi elektron kutubxonalardan foydalanish imkoniyati ham yaratilgan.
Eng asosiysi, “Parlament kutubxonasi”da KaDaTa avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi ishga tushirilgan boʻlib, u orqali elektron kutubxona katalogini ishlab chiqish va har bir kitobga shtrix kod tizimini joriy etish mumkin. Shuningdek, bu yerda 20 ming kitobni roʻyxatdan oʻtkazish uchun maxsus RFID belgilar yaratilgan. Shuningdek, KaDaTa avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi orqali kutubxona foydalanuvchilariga “ID kutubxona” xos raqami joriy etilib, har qanday elektron qurilmalar kompyuter, planshet, smartfon orqali elektron parlament kutubxonasi tizimidan onlayn rejimda foydalanish mumkin boʻladi.
Natijada barcha darajadagi deputatlarning ushbu kutubxonaning elektron kitob fondidan foydalanishlari uchun sharoit yaratildi. Tashqi foydalanuvchilar qamrovini kengaytirish maqsadida esa KaDaTa tizimi vositasida parlament kutubxonasidan olis hududlardan internet orqali jamoatchilik vakillari, jurnalistlar va talabalarning ham foydalanishi uchun imkoniyat yaratildi.
Sherzod QULMATOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring