Para taekvondo: Guljanoy Naimova oltin, Ziyoda Isoqova kumush medalga sazovor boʻldi

11:41 05 Fevral 2023 Sport
1080 0

Istanbul shahrida para taekvondo boʻyicha “Prezident kubogi” turniri davom etyapti.

Eʼtiborlisi, musobaqaning dastlabki kunida ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan bahslarda terma jamoamizning ikki vakili – Guljanoy Naimova hamda Ziyoda Isoqova shohsupaga koʻtarildi. +65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Guljanoy Naimova barcha raqiblarini taslim etgan holda doimgidek oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, -46 kg vazn toifasida Ziyoda Isoqova murosasiz kurashlar yakuniga koʻra terma jamoamiz hisobiga kumush medalni qoʻshtirib qoʻydi.

Taʼkidlash kerakki, “Prezident kubogi”da gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarga Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari uchun muhim reyting ochkolari taqdim etiladi.

Bugun erkaklar terma jamoamiz aʼzolari ham ushbu musobaqada ishtirokini boshlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?