Javohir Sindarov Jahon kubogi finaliga chiqdi
Oʻzbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov FIDE Jahon kubogi finaliga chiqdi. U yarimfinalda boshqa bir hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyevni juda keskin kechgan taybrek bahslarida 2,5:1,5 hisobida magʻlub etdi.
Bu gʻalaba orqali Javohir nafaqat Jahon kubogining hal qiluvchi bellashuviga yoʻl oldi, balki 2026-yilda oʻtkaziladigan Nomzodlar turnirida ishtirok etish huquqini ham qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa u ushbu nufuzli musobaqada oʻynash huquqini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbek shaxmatchisiga aylandi.
Endilikda Sindarov finalda xitoylik grossmeyster Vey Iga qarshi dona suradi. Bu bellashuv jahon shaxmatidagi eng muhim musobaqalardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, yarimfinalda magʻlubiyatga uchragan Nodirbek Yoqubboyev ham musobaqani tark etmaydi. U rossiyalik Andrey Yesipenko bilan Jahon kubogining bronza medali va Nomzodlar turniriga qolgan oxirgi yoʻllanma uchun bahs olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring