Para yengil atletika: sportchilarimiz jami 17 ta medalga sazovor boʻldi
2023-yil 8-17-iyul kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida para yengil atletika boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 6 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza, jami 17 ta medalga sazovor boʻldi.
Ushbu natija evaziga delegatsiyamiz umumjamoa hisobida 8-oʻrinni egalladi. Yana bir ahamiyatli tomoni, matonatli sportchilarimiz musobaqa davomida Parij-2024 Paralimpiya oʻyinlariga 19 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu natija bilan Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi, sportchi va murabbiylarimizni samimiy qutlab, hamyurtlarimizga Parij-2024 Paralimpiya oʻyinlarida ham munosib ishtirok etishlarini tilab qoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring